Claude Code: noutbuk yopiq bo‘lsa ham ish davom etadi
Claude Code Cloud Sessions va Pro/Max obunachilari uchun $100/$250 kreditni qanday olish haqida qisqa yo‘riqnoma.
Ziyodulla Abdullayev
Ziyodulla Abdullayev

Bir mavzu bo'yicha 30 ta YouTube video, maqola va ilmiy ish yig'ilganda, oddiy ChatGPT suhbatini arxiv sifatida ishlatish qiyinlashadi. Qaysi xulosa qaysi manbadan chiqqani, ikki manba qayerda bir-biriga zid kelgani va oldingi tadqiqot natijasi uzoq suhbat tarixida tarqalib ketadi.
Bu maqolada manbalarni Obsidian vault ichida saqlab, ularni ChatGPT kompyuter dasturidagi Codex bilan boshqaramiz. Codex vault papkasini loyiha sifatida ochadi; kerakli fayllarni o'zi qidiradi, o'qiydi va yangilaydi. Har bir yangi suhbatga manbalarni qayta tashlash shart bo'lmaydi.
LLM Wiki shu papkadagi ish tartibini belgilaydi. Asl manba raw/ ichida saqlanadi. Codex o'sha manbalardan bir-biriga havolalangan Markdown wiki tuzadi. Keyingi savolda tayyor wiki'ni o'qiydi; foydali javobni esa yana wiki'ga qo'shadi.
Bu kabi shaxsiy bilim tizimlari ko'pincha 2-miya deb ataladi.
2026-yil 2-aprelda Andrej Karpathy “LLM Knowledge Bases” postida tadqiqot mavzulari uchun shaxsiy bilim bazalari qurayotganini ko'rsatdi. Uning ish jarayonida maqola, ilmiy ish, kod ombori, ma'lumotlar to'plami va rasmlar raw/ papkaga tushadi. Sun'iy intellekt ulardan Markdown wiki tayyorlab, xulosa, ichki havola va tushuncha sahifalarini yuritadi. Biz quyidagi amaliy yo'riqnomada buning uchun ChatGPT Codex'dan foydalanamiz.


Ikki kundan keyin Karpathy “LLM Wiki” g'oya faylini e'lon qildi. U tayyor dastur yoki majburiy papka tuzilmasini bermaydi. Uchta qatlam va ular qanday ishlashini tushuntiradi:
raw/ ichida saqlanadigan materiallar. Codex ularni o'qiydi, lekin tahrirlamaydi.Karpathy bu yondashuvni ataylab moslashuvchan qoldirgan. Hermes Agent'ning LLM Wiki ko'nikmasi esa unga aniq tuzilma beradi: SCHEMA.md, index.md, log.md, asl manbalar, shaxs/tashkilot/tushuncha sahifalari va muntazam tekshiruv.
Quyidagi boshlang'ich fayl shu ikki manbani birlashtiradi. Karpathy'dan asosiy ish tartibi, Hermes'dan esa aniq fayllar va ularni yuritish qoidalari olindi.
SCHEMA.md # mavzu, nomlash va ish tartibi qoidalari
index.md # barcha wiki sahifalarining qisqa katalogi
log.md # manba qo'shish, savol va tekshiruv tarixi
raw/ # asl manbalar; tahrirlanmaydi
articles/
papers/
transcripts/
assets/
wiki/ # Codex tayyorlaydigan bilim
sources/ # har bir manba bo'yicha hisobot
entities/ # odam, kompaniya, mahsulot, model
concepts/ # tushuncha va g'oyalar
comparisons/ # taqqoslashlar
queries/ # saqlashga arziydigan javoblar
AGENTS.md # Codex uchun loyiha qoidalari
README.md # odam uchun qisqa foydalanish yo'riqnomasi
Bu umumiy andaza emas. Tuzilma boshlash uchun yetarlicha sodda; keyin uni mavzuga qarab o'zgartirish mumkin.
SCHEMA.mdSxema tizimning eng muhim fayli. Unda quyidagilar yoziladi:
Masalan, sun'iy intellekt tadqiqotlari wiki'si bilan shaxsiy biznes wiki'sining teg va obyekt turlari bir xil bo'lmaydi. Shu sabab o'rnatish boshida Codex sizdan bitta muhim savol so'raydi: bu wiki qaysi mavzu uchun?
index.md va log.mdindex.md sahifalar katalogi. Har bir wiki sahifasi bitta havola va bir qatorlik izoh bilan shu yerga qo'shiladi. Codex savolga javob berishdan oldin indeksni o'qib, kerakli sahifalarni topadi.
log.md vaqt bo'yicha tarix. Qaysi manba qachon qo'shilgani, qaysi savol-javob saqlangani va tekshiruv nimani topgani yozib boriladi. Yangi ish boshlanganda Codex sxema, indeks va jurnalning oxirgi qismini o'qib, mavjud tizimni tushunib oladi.
Oddiy ChatGPT suhbati savol berish, tushuntirish olish va tezkor tahlil uchun qulay. ChatGPT xotirasi oldingi suhbatlardan ayrim foydali ma'lumotlarni eslab qolishi mumkin. Ammo xotira 30 ta manbaning to'liq nusxasi, har bir da'voning manba yo'li va fayllarning o'zgarish tarixini yuritmaydi.
Codex bu ishga ancha mos. OpenAI'ning mahalliy loyihalar qo'llanmasiga ko'ra, Codex biriktirilgan papkadagi fayllarni o'qishi va o'zgartirishi mumkin. Yangi suhbatlar loyihaning asosiy papkasida boshlanadi; Codex shu yerdagi AGENTS.md faylini avtomatik topadi. U vault'dagi hamma faylni bir vaqtning o'zida suhbatga sig'dirishga urinmaydi — vazifaga kerakli fayllarni qidirib, o'qib ishlaydi.
Amalda bu Codex loyihani eslab qolgandek ishlaydi. Ishonchli qismi shundaki, bilim suhbat xotirasida emas, vault ichidagi fayllarda turadi. Codex keyingi loyiha suhbatida o'sha fayllarni yana topib o'qiy oladi.
Codex'ning oldingi ishlar uchun alohida mahalliy xotirasi ham bor. Shunga qaramay, OpenAI xotira qo'llanmasi doim bajarilishi kerak bo'lgan loyiha qoidalarini AGENTS.md yoki loyiha hujjatlarida saqlashni tavsiya qiladi.
2-miya Codex'ning shu kuchiga tuzilma beradi: manbalar, hisobotlar, ichki havolalar, qarama-qarshi da'volar va uzoq muddatli tadqiqot natijalari ochiq Markdown fayllarda saqlanadi. Bilim bitta ChatGPT suhbatiga bog'lanib qolmaydi. Uni Obsidian'da ko'rish, qo'lda tahrirlash va Git bilan tarixini saqlash mumkin.
ChatGPT kompyuter dasturini oching va yuqoridagi tanlovdan Codex'ni tanlang. Faqat Obsidian vault papkasini loyiha sifatida oching; uy papkasi yoki butun diskni tanlamang.
Obsidian'ni yuklab oling, keyin Create new vault orqali alohida, bo'sh vault yarating.
ChatGPT kompyuter dasturida Codex'ni tanlab, vault papkasini mahalliy loyiha sifatida oching. Birinchi tekshiruvda Codex'ga shuni yozing:
Shu ish papkasidagi fayl va papkalarni ko'rsat.
Hozircha hech narsani yaratma yoki o'zgartirma.
Javobda aynan yangi vault ko'rinsa, davom eting.
Quyidagi fayl ChatGPT Codex uchun to'liq o'rnatish vazifasi. Unda sxema, indeks, jurnal, papkalar, manbani kuzatish va xavfsizlik qoidalari bor.
LLM Wiki boshlang'ich MD faylini yuklab olingFaylni vault'ning bosh papkasiga qo'ying va Codex'ga yuboring:
SECOND-BRAIN-STARTER.md faylini to'liq o'qi.
Avval mavjud vault'ni tekshir va o'rnatish rejasini ko'rsat.
Mendan wiki mavzusini so'ra.
Men tasdiqlaganimdan keyin fayllarni yarat.
Mavjud fayllarning ustidan yozma. Dastur o'rnatish, fayl o'chirish yoki Git remote qo'shish
yoki push qilishdan oldin alohida ruxsat so'ra.
O'rnatish tugagach kamida SCHEMA.md, index.md, log.md, raw/, wiki/, AGENTS.md va README.md bo'lishi kerak. SCHEMA.md ichidagi mavzu va qoidalarni o'zingiz o'qib chiqing.
LLM Wiki oddiy Markdown fayllarda ishlaydi. Codex ularni fayllar tizimi orqali CLI'siz ham o'qiydi va yozadi.
Obsidian'ning search, read, create, tags va tasks buyruqlarini terminaldan ishlatmoqchi bo'lsangiz, Obsidian CLI'ni yoqing. Rasmiy qo'llanma hozirgi CLI uchun Obsidian 1.12.7 yoki undan yangi o'rnatish fayli kerakligini aytadi.
PATH ro'yxatiga qo'shing.
Terminalni qayta ochib tekshiring:
obsidian help
Obsidian dasturi ochiq turishi kerak. Dastur yopiq bo'lsa, birinchi CLI buyrug'i uni ochadi.
CLI ishlamasa, noma'lum obsidian-cli npm paketi yoki yordamchi dasturini o'rnatmang. LLM Wiki'ni oddiy fayllar bilan davom ettirish mumkin.
Maqola uchun Obsidian Web Clipper ishlatish qulay. Shablonda saqlash joyini raw/articles/ qilib qo'ying.
Ilmiy ishni raw/papers/, video yoki podkast matn ko'chirmasini raw/transcripts/, rasm va chizmalarni raw/assets/ ichiga qo'ying. Har bir manba faylida asl havola va saqlangan sana bo'lsin.
Karpathy rasmlarni ham kompyuterda saqlashni tavsiya qiladi. Obsidian'da Settings → Files and links → Attachment folder path ni raw/assets/ qiling. Kerak bo'lsa Download attachments for current file buyrug'iga tezkor tugma bering.
Birinchi sinov uchun bitta kichik manba tanlang. Dastlab 100 ta faylni birdan qo'shish natijani tekshirishni qiyinlashtiradi.
Codex'ga quyidagi topshiriqni bering:
raw/ ichidagi yangi manbani wiki'ga qo'sh.
Avval SCHEMA.md, index.md va log.md oxirini o'qi.
raw/ ichidagi asl faylni o'zgartirma.
Manba uchun wiki/sources ichida hisobot yarat.
Kerakli shaxs, tashkilot yoki tushuncha sahifalarini yarat yoki yangila.
Har bir muhim da'voni raw manba yo'li bilan bog'la.
index.md va log.md ni yangila.
Oxirida o'zgargan fayllar va noaniq da'volarni ko'rsat.
Natijani tekshirish oson:
raw/ ichidagi asl fayl o'zgarmagan;wiki/sources/ ichida hisobot bor;index.md va log.md yangilangan;Hermes qo'llanmasi faqat yo'l-yo'lakay tilga olingan mavzu uchun yangi sahifa ochmaslikni tavsiya qiladi. Tushuncha ikki yoki undan ko'p manbada uchrasa yoxud bitta manbaning markaziy mavzusi bo'lsa, alohida sahifaga arziydi. Bu qoida wiki'ning keraksiz mayda fayllarga bo'linib ketishini kamaytiradi.
Wiki asosida [savol]ga javob ber.
Avval index.md ni, keyin tegishli sahifalarni o'qi.
Javobdagi asosiy da'volar qaysi raw manbadan kelganini ko'rsat.
Manba yetmasa, aniq ayt. Taxminni haqiqat sifatida yozma.
Taqqoslash, chuqur tahlil yoki qayta tayyorlash ko'p vaqt oladigan javob chiqsa, Codex'dan uni wiki/queries/ yoki wiki/comparisons/ ichiga saqlashni so'rang. Oddiy ma'lumot qidirishni yangi faylga aylantirish shart emas.
Wiki faqat yangi manbalar bilan o'saversa, vaqt o'tib sifati tushadi. Karpathy davriy holat tekshiruvini alohida amal sifatida yozgan. Hermes uni aniq tekshiruv ro'yxatiga aylantiradi.
Haftada yoki oyda bir marta Codex'ga shuni yuboring:
SCHEMA.md qoidalari bo'yicha wiki'ni tekshir.
Ishlamaydigan ichki havola, hech qayerdan havola berilmagan sahifa,
index'da yo'q sahifa, noto'g'ri YAML ma'lumoti, eskirgan yoki
manbasiz da'vo hamda qarama-qarshiliklarni top.
Hozircha avtomatik tuzatma. Avval jiddiylik darajasi bo'yicha hisobot ko'rsat.
Tekshiruv tugagach tasdiqlangan tuzatishlarni bajartiring va natijani log.md ga yozdiring.
Kepano'ning Obsidian Skills kod ombori Obsidian Markdown, Bases, Canvas va CLI yozuv qoidalarini Codex'ga o'rgatadi. Bu ko'nikmalar LLM Wiki tuzilmasini o'rnatmaydi; ular Obsidian shakllari bilan to'g'ri ishlashga yordam beradi.
Ushbu boshlang'ich fayl Hermes LLM Wiki qo'llanmasidagi asosiy ish tartibini Codex uchun AGENTS.md ichiga yozib beradi.
Qo'shimcha ko'nikma yoki plaginni faqat rasmiy README.md dagi usul bilan, fayllar qayerga tushishini tekshirib o'rnating.
Men shu tartib orqali obuna bo'lgan kanallardagi 30 ta YouTube videoni yig'ib, ChatGPT Codex bilan har biri uchun hisobot tayyorladim. Har bir hisobot video mavzusi, asosiy da'volar, namoyish va asl havolani saqladi.

Keyingi video g'oyasi va rejasini ham Codex shu hisobotlardan chiqardi. Tadqiqot faqat oldingi ChatGPT suhbatining tarixida qolib ketmadi. Manbalar, hisobotlar va oldingi xulosalar vault ichida turdi; Codex keyingi loyiha suhbatida ularni yana topib, davom ettira oldi.
Internetdan saqlangan maqola, README.md yoki matn ko'chirmasida Codex'ga qaratilgan zararli ko'rsatma bo'lishi mumkin. OpenAI'ning Codex xavfsizlik qo'llanmasi yozish huquqini faol ish papkasi bilan cheklash va tarmoq amallari uchun tasdiq so'rash imkoniyatlarini tushuntiradi.
Boshlang'ich fayl quyidagi chegaralarni qo'yadi:
raw/ ichidagi matn manba sifatida o'qiladi, ko'rsatma sifatida bajarilmaydi;.env, API kaliti, maxfiy kalit va tiklash kodi vault'ga yozilmaydi;git init faqat mahalliy o'zgarishlar tarixini yaratadi. U GitHub, Obsidian Sync yoki boshqa zaxiralash xizmatini avtomatik yoqmaydi.
raw/ ichiga saqlang.Boshlash uchun bitta mavzu, bitta manba va ishlaydigan manba qo'shish jarayoni yetadi. Tuzilma keyin o'sadi.